Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Hoshimboy ota Tursunov 1924-yil 9-may kuni tug‘ilgan. Shuning uchun xonadonda ushbu sana har yili qo‘shaloq bayram sifatida keng nishonlanadi.

Bu yilgi ayyom arafasida ham viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla ahli, yoshlar otaxonni uyiga kelib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72-yilligi munosabati bilan qutladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigi o‘qib eshittirildi, pul mukofoti va boshqa turli sovg‘a-salomlar ulashildi.

Shu kuni ushbu tumanda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sobirjon ota Badalov xonadoni ham mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Prezidentimiz nomidan bayram tabrigi, pul mukofoti va imtiyozli sertifikatni qabul qilib olgan otaxon el-yurtimizga tinchlik-osoyishtalik tilab duo qildi.

Shu bilan birgalikda viloyat  Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Xilola Yusupova boshchiligida shahar hokimligi, “Kamolot” YoIH viloyat kengashi, “Orasta” to’garak sardorlari hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari Namangan shahar Obihayot  MFY, Ittifoq 1 berk qo’chasi 1 uydv yashovchi Filatova Lidiya Ivanovna, “Yangi tong” MFY, 5a kichik tuman, 47 uy, 32 uyda yashovchi  Mixaylova Lyubov Kapitonovna hamda Mingchinor MFY,  Anorzor qo’chasi 7 uyda yashovchi Bolochenkova Galina Alekseevna xonadoniga tashrif buyurishib, Prezidentimizning tabrigi o‘qib eshittirildi, pul mukofoti va boshqa turli sovg‘a-salomlar ulashildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech