Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyatida joriy yilning 13 may kuni Namangan shahri Aeroport markaziy ko’chasida “15-may Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog’lom ayol - sog’lom avlod” shiori ostidagi Velotur musobaqasi o’tkazildi.

Velotur sporti o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsad va vazifalari Namangan viloyatining aholi o’rtasida velotur sport turi  bilan shug’ullanuvchilar sonini ko’paytirish va bu sport turini uy bekalari va qizlar o’rtasida ommalashtirish, sog’lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportining rivojlanishiga ko’maklashish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish kabi ezgu maqsadni qo’ydi.

Velotur musobaqasini  Namangan shahri va barcha tumanlardan tashrif buyurgan 12 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa Nizomiga asosan har bir jamoadan nizomda belgilangan yosh jihatdan 18 dan-30 yoshgacha, 31 dan- 44 yoshgacha va 45 yoshdan yuqori bo’lgan ayollar ishtirok etishdi.

Mazkur belgilangan musobaqani  tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Xilola Yusupova, viloyat jismoniy tarbiya va sport ishlari, viloyat xalq ta’limi, o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, “Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi” viloyat bo’limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi vakillari, shahar va tuman xotin-qizlar qo’mitalari raislari, viloyat teleradiokompaniyasi, mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi X.Yusupova mamlakatimizda sog’lom avlodni kamolga yetkazish, oilada sog’lom muhitni yaratish va barqarorlashtirish, “Sog’lom ona-sog’lom bola” tamoyilini izchil hayotga tatbiq etish maqsadida amalga oshirilayotgan sa’yi-harakatlarga bugungi tadbir o’z mohiyati bilan hamohang ekanini ta’kidlab, bu kabi festivallarni o’tkazish orqali qizlar va ayollar salomatligini muhofaza qilishga o’zimizning munosib hissamizni qo’shyapmiz desak, mubolag’a bo’lmaydi, deb ta’kidladi o’z so’zida.

Musobaqa so’ngida ishtirokchilar hamda g’oliblar rag’batlantirilib, har bir jamoa Nizomda belgilangan nominatsiyalar bo’yicha diplomlar, medal hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Viloyat xotin-qizlar qo'mitasi

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech