Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 15 may kuni Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”da 15 may kuni “Xalqaro oila” kuni munosabati bilan “Oila - O’zbekiston xalqining muqaddas qadriyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

Mazkur konferentsiya viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisi X.Yusupova boshchiligida,  “Oila” ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Abdullaeva, “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi M.Xodjaev, “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi rahbari X.Artikov, O’zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakili A.Tursunov, “Olima” uyushmasi raisi X.Usmanova, “Tadbirkor ayol” uyushmasi raisi L.Abduxalimova, Xalq ta’limi boshqarmasining boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasining raisi S.Nuriddinova, shahar va tuman Xotin-qizlar qo’mitasi raislari, shahar va tuman “Ayollar maslahat markazi” rahbarlari, “Qaynonalar kengashi” jamoatchilik vakillari, hududiy diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar hamda Namangan shahri va tuman  mahallarida o’tkazilgan “Eng namunali oila” tanlovining 1-bosqichga sazovor bo’lgan oiladan 3 ta na’munaviy oila ishtirok etdi. Mazkur Anjumanni maqsad vazifalari viloyatimizdagi tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida, oilalarda sog’lom ma’naviy muxitni, xususan, o’zaro xurmat-ehtirom, er-xotin, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin, qo’ni-qo’shnilar o’rtasidagi mehr-oqibat ruhini yaratish” g’oyalari o’z ifodasini topishi, shuningdek, viloyatimizdagi ona va bola salomatligi muhofazasi, oilalar mustahkamligi, yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oilada milliy va umumbashariy qadriyatlar bardavomligi, har jihatdan barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi, oila va mahalla hamkorligi, muxtasar qilib aytganda, oila farovonligini hayotiy misollar yordamida ochib berish viloyatimiz aholisi uchun Dasturulamal sifatida xizmat qilish. Shu munosabat bilan, tadbir davomida “O’zbekistonda oilalar huquq va manfaatlarini himoyalash – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi”, “Oila-nikoh munosabatlarini tadqiq etish omillari”, “Mustaqillik yillarida oilaning demografik rivojlanishi”, “Oila sharoitida bolani aqliy va ruhiy jihatdan rivojlantirish masalalari”, “Oila barqarorligida ma’naviyatning o’rni” mavzularida ma’ruzalar eshittirildi hamda ishtirokchilar bilan bahs mulohaza o’tkazildi.

Shu bilan birga viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida 15 may -  “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Eng namunali oila” tanlovi o’tkazilib kelinmoqda. Shuningdek mahalla fuqarolar yig’inlarida tashkil etilgan “Qaynonalar kengashi” jamoatchilik tuzilmasini faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan barcha shahar va tumanlarida “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash maqsadida turli madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Chust tamani Do’stliq MFYda “Qaynonalar Kengashi” jamoatchilik tuzilmasi vakillari bilan davra-suhbati o’tkazilib MFYda “Eng namunali oila” tanlovining 1- bosqichi o’tkazildi.

Shuningdek, Pop tumanida Sirdaryo QFY, Pahtaobod QFY, Yangi-hayot QFY, hududidagi 13 ta MFYlarida “Eng namunaviy oila” ko’rik-tanlovi o’tkazilib g’oliblarni tuman bosqichiga tavsiya etildi.

Viloyat xotin-qizlar qo'mitasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech