Namangan viloyatida O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tomonidan "Karting" sport turi bo’yicha O’zbekiston kubogi 1-bosqich musobaqasi bo’lib o’tdi.

Uchqo’rg’on tuman O’quv sport texnika klubiga qarashli kartodromda 3 kun davom etgan musobaqalarda Respublikamizning barcha hududlaridan jami 125 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra 1-o’rinni Yashnobodlik kartingchilar jamoasi qo’lga kiritdi, 2 va 3 o’rinlar Toshkent birlashgan texnika maktabi va Guliston avtomobil maktabi sportchilariga nasib qildi.

Temurmalik Vohidov

Hotamjon Mamadaliev olgan suratlar