Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining guruh va kotibiyatlari, tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlari, shahardan viloyat kengashiga saylangan deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov ma’ruza qildi.

Hozirgacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining departament mudiri lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Shokirdjanovich Abdurazakov Namangan shahar hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.

Eslatib o’tamiz, Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashriflari chog’ida Namangan shahrida qator sohalarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar sabab Namangan shahar hokimi Bahodir Mamatovich Bekxodjaev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech