Chop etish

"Mahalla" fondi, "Nuroniy"  jamg’armasi, Yoshlar ittifoqi bilan memorandum tuzish vaqti keldi" - dedi Oliy sud raisi.

Negaki, bir kishi jinoyat qiladi mahalla fuqarolar yig’ini esa unga uzundan-uzoq ijobiy tavsifnoma beradi. SHuning uchun mazkur jamoat tashkilotlari har bir xolat bo’yicha o’z fuqarolari, o’z a’zolariga faqat va faqat xolis kafil bo’lsinlar. Haqiqat bahslarda tug’iladi, sudyalik – san’at,  u sud majlisida kam gapirib ko’p eshitishi kerak. U sharafli ish, ta’magirlik poraxo’rlikdan yiroq bo’lish kerak, shunda u yuzingizga qarab gapira oladi.

Nizolarni hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sudlar ixtisoslashmoqda. Sud-huquq tizimini islohoti izchil davom etmoqda. Hamma o’zini xaq deb biladi. Ammo taraflarni eshitish, "etti o’lchab bir kesish"gina sudya uchun bugun yetarli emas. 

Poytaxtimizda muhtaram Prezidentimiz soxa vakillari bilan qariyb to’rt yarim soat davomida muammolarni hal etish yo’llarini belgilaganliklari, u kishini tashabbusi bilan Adolat saroyi qurilishi, sud xodimlariga imtiyozlar soxada ishlovchilar uchun katta ishonch. Shuning uchun ular o’z zimmalariga yuksak mas’uliyatni olib, murojaat qabul qildilar. 

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov oilaviy nizolar, ajrimlar Namangan viloyati uchun ham xosligi, bunda qaynonalarning roli oshib, oila boshlig’ining mavqei tushib borayotgani, firibgarlik, ta’magirlik ishlariga qarshi kurashishda fuqarolarni faollikka chaqirdi. Sayyor sudning ahamiyati shundaki, unda  ko’rilayotgan holatlardan xalq ibrat olsin. Oqibatidan xabardor bo’lsin, qaror, hukm mohiyatini sudlanuvchiga tushuntirish ham kerak. Ammo sudda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Yutgan odam "ish adolatli ko’rildi" deydi, yutqizgan odam "sud sotilibdi" deydi, "asossiz qamatdi" deydi.

Sud raisining huquqiy mavzudagi qisqa chiqishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu chiqish ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi ma’ruza singari o’tirganlarni oxangrabodek o’ziga tortdi.

- Yaxshisi ishdan gaplashmaylik, - dedi u. 

Shundan so’ng o’nlab savollar bo’ldi. Berilgan ariza va shikoyatlar tegishli instantsiyalar tomonidan qabul qilib olindi. Sayyor qabul juda ko’p masalalarga oydinlik kiritdi.

 

Raximjon Irisov