Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan shahar hokimiligi katta majlislar zalida “Hokim va yoshlar” ochiq muloqoti bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov ishtirok etdi.

Hokim o’rinbosarlari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar, tuman Kengashi raislari, viloyat mutasaddi raxbarlari va 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda viloyat yigit-qizlarini qiynab kelayotgan ko’plab masalalar o’rtaga tashlandi.

Viloyatda tadbirkorlik boshlash istagidagi yoshlar soni ko’p lekin ular bankdan kredit olishda, faoliyat olib borish uchun joy masalasida qiynalishmoqda, joylarda ularga to’g’ri tavsiyalar berish o’rniga yoshlarni mensimaslik holatlari ham uchramoqda. Uchrashuvda 10 nafardan ortiq yigit-qizlar aynan mana shu jihatga to’xtalib o’tishgani ham bunga dalil bo’la oladi. Viloyat hokimi, Prezidentimizning yoshlar bilan ishlashdagi topshiriqlari hali-xanuz ko’plab raxbarlar, mutasaddilarga yetib bormayotgani haqida gapirdi va yig’ilishda o’tirgan vakillarni ogoxlantirdi hamda ushbu og’riqli nuqtani bartaraf etishga va’da berdi. Yani yoshlarga kredit ajratish masalasini viloyat hokimi o’z nazoratiga oladigan bo’ldi.

Uchrashuvda ellik nafarga yaqin yoshlar o’z taklif va muammolari bilan so’zga chiqishdi. Muammolar o’rganilib, xal etilishiga va’da berilgan bo’lsa, o’rinli takliflardan amaliyotda qo’llaniladigan bo’ldi. Xususan, Namangan pedagogika kolleji o’quvchisi Muslimbek Abduraximov tomonidan viloyatda “Yosh dasturchilar” klubini tashkil etish to’g’risida bildirilgan taklif hokim tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan bo’ldi. Bundan tashqari viloyatning bahavo hududlaridan biri Kosonsoy tumanida “Yoshlar ijod uyi”ni kelgusi yili foydalanishga topshirilishi, viloyatda yosh jurnalistlarni rag’batlantirish va bilimlarini oshirish maqsadida “Namangan yoshlar markazi” qoshidagi “Yosh jurnalistlar” to’garagi filiallarini barcha shahar hamda tumanlarda ochilishi haqida ham ma’lumot berildi. To’garaklarda viloyatdagi ustoz jurnalistlar tomonidan o’quvchilarga maxorat darslarini o’tib borilishi ko’zda tutilgan, bu bilan viloyatda yoshlar jurnalistikasini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlashni reja qilinmoqda.

Ochiq muloqot yakunida viloyat hokimi tomonidan bunday muloqotlar kerak bo’lsa har oyda, barcha shahar va tumanlarda o’tkazilishini, yoshlarning muammolari qo’g’ozda qolib ketmasligi uchun shaxsan nazoratga olinishi aytib o’tilgani yoshlar uchun chinakam xursandchilik ulashdi.

Temurmalik Vohidov

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech