Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar Kengashi tomonidan ham bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan yoshlarni chet tillariga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda munosib rag’batlantirish orqali ularni jamiyatda munosib o’rinlarini topishlariga ko’maklashish maqsadida tashkil etilgan “Jahonga taralsin yoshlar ovozi!” shiori ostidaga tashkil etilgan yoshlar festivali ham fikrimizning amaliy tasdig’idir.

Rossiya federatsiyasining Pushkin nomidagi rus tili xalqaro instituti 2017 yil fevral oyida “Rus tilini o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytriish” mavzusida xalqaro ko’rik-tanlov e’lon qildi. 86 mamlakat vakillari ishtirok etgan tanlov uch oy mobaynida davom etdi. Bu jarayonda interaktiv tarzda imtixonlar, testlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Tanlov hay’ati 14 aprelda yakuniy natijalarni e’lon qildi. O’zbekistondan vakili sifatida ishtirok etgan Aziza Mirzanazarova rahbarligidagi Namangan shahrining “Muqaddas lira” jamoasi reytingda dunyo mamlakatlari orasida birinchi o’rinda turibdi. Bu esa so’nggi 25 yillikda O’zbekiston qayd etilgan bu boradagi ilk natijadir. 18 davlat ushbu tanlovning final bosqichiga taklif etildi. Final bosqichi 8-28 avgust kunlari Qrimdagi “Artek” xalqaro bolalar markazida  bo’lib o’tadi.

Final bosqichida ishtirok etuvchi 18 ta mamlakat vakillariga yoshlarimiz “Namangan shahar hokimligi” va “O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar Kengashi” yozuvlari tushirilgan milliyligimiz aks ettirilgan milliy hunarmandchilik namunalarini yetkazadilar. Kuzatish marosimida shahar kengashi raisi A.Ikramov nutq so’zlab, mamlakatimizda yosh avlodga bo’layotgan davlat siyosati darajasidagi otalarcha g’amxo’rlikning mazmun – mohiyatini tushuntirdi, ularga final bosqichidan omadlar tilab, xalqlar aro do’stlik rishtalari bog’lovchi bo’lgan yoshlarga omad tiladi.  

Ma’lumot o’rnida shuni e’tirof etish lozimki, bizning delegatsiyamiz rahbari Azizaxon Mirzanazarova tomonidan final o’yinlari doirasida 18 ta mamlakatdagi yoshlar tashkilotlari bilan Namangan shahar Kengashining hamkorlik memorandumlarini imzolash ko’zda tutilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech