Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Ma’lumki, joriy yil 30 iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkent shahrida yoshlar Qurultoyi o’tkazildi. Unda sobiq “Kamolot” YoIH tugatilib, uning o’rniga Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Mazkur Qurultoy doirasida Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan bir qator ko’rsatma va topshiriqlar berildi. Ayni shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan shahridagi 1-sonli shahar shifoxonada ta’sis yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishni shifoxona bosh shifokori T.Dadaboev ochdi hamda so’z navbatini shahar tibbiyot birlashmasi boshlig’i O. Qosimovga berdi. Shahar tibbiyotchilari rahbari o’z so’zida mamlakatimizda so’ngi vaqtlarda barcha sohalarda bo’lgani tibbiyot sohasida ham tizimli va samarali islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, endi bu jarayonda yosh tibbiyotchilar ham befarq bo’lmaslikka chorladi. Buning uchun ko’proq yoshlarga kitob o’qishga hamda o’z ustida muntazam ishlash lozimligini uqtirdi.

Shundan so’ng Namangan shahar Kengashi raisi A.Ikramov so’zga chiqib, xalqimiz salomatligi yo’lida xizmat qilayotgan fidoiy tibbiyotchilarga o’z minnatdorchiligini bildirib, bugun saylanadigan yetakchiga ko’p talablar qo’yilajagini aytdi hamda bu yo’lda yanada tashabbuskor va vatanparvar bo’lishga undadi.

Amaliy ruxda o’tgan muloqotda tashkiliy masala ko’rildi. Namangan shahar 1-shifoxonasida yoshlar yetakchiligiga Abdusami Toxirov nomzodi ko’rsatildi hamda yig’ilishga jam bo’lganlar tomonidan bir ovozdan saylandi!

Yangi yetakchiga yoshlar o’rtasida chinakam salomatlik posboni bo’lishdek sharafli o’z navbatida mas’uliyatli faoliyatida biz ham omad tilaymiz!

Namnews.uz

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech