Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari shahrimizdagi “Gulchilar assotsiatsiyasi” a’zolari bilan muloqoti bo’lib o’tdi. Unda gulchilikning Namanganni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tutgan tarixiy o’rni va roli naqadar yuqori va muhim ekaniga alohida to’xtalindi.

Xususan, gul yetishtirish, uni iste’molchilar, xususan obodonlashtirish korxonalariga, gul ishqibozlari va havaskor gulchilarga yetkazib berish, gul oranjereyalarini tashkil etish, gul sotishning xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish yo’llari muxokama etildi. Barcha gulchilar va aloqador tashkilotlar vakillari muloqot avtobusida shahrimizdagi “Mexmash” ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdilar va bu yerda ishlab chiqarilib, foydalanish uchun joylarga yetkazib, o’rnatib, ishga tushirib berilayotgan xalqaro texnologiyalar asosidagi “aqlli issiqxonalar” va ularni tayyorlash, ulardan foydalanish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ana shunday issiqxonalarni shahrimizda ko’proq o’rnatish va foydalanish issiqlik va energiyani tejashi hamda maxsuldorlik va foydani oshirishi ta’kidlandi.

Shundan so’ng barcha muloqot ishtirokchilari shahrimizdagi “Bobur” madaniyat va istiroxat bog’i yaqinida Gulchilar assotsiatsiyasiga Yangi oranjereya va zamonaviy gul savdo markazi uchun ajratilgan joyni ko’rdilar va bir hafta ichida barcha zarur hujjatlar va loyihani tayyorlash hamda qurilish ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Namangan shahar hokimligi

Axborot xizmati