Chop etish

Viloyatimiz aholisi, tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun qulayliklar yaratish maqsadida “O’zstandart” agentligining moliyaviy ko’magi bilan Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi yengil sanoat sinov laboratoriyasi xalqaro darajada akkreditatsiyadan o’tkazilmoqda.

Bu maqsadda 2016-2017 yillarda 1 mlrd.so’mdan ziyod investitsiyalar jalb qilinib, 700 mln. so’mlik yuqori aniqlikdagi zamonaviy sinov va o’lchov vositalari xarid qilindi hamda 300 mln.so’mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“O’zstandart” agentligi rivojlantirish Dasturi doirasida o’zaro kelishuvga muvofiq “TurkAK” halqaro akkreditatsiyalash markazi tomonidan audit o’tkazilmoqda.

“Sinov laboratoriyasi halqaro talablarga mos ravishda jixozlangan, O’zbekiston Respublikasida shunday zamonaviy laboratoriyalar barpo etilib xalqaro darajada akkreditatsiyadan o’tayotgani bizni quvontiradi”, - dedi “TurkAK”halqaro akkreditatsiya idorasi auditori Erdinch Malxatun.

“Laboratoriyamiz juda eski edi, qisqa muddatda modernizatsiya qilinib xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o’tayotganimiz viloyatimiz yengil sanoatchilari, ayniqsa eksportyor korxonalarimizga xorijda sinov bayonnomalari yoki sertifikat olish va valyuta sarflash tashvishlaridan xalos etadi, Namanganda o’tkazilgan sinov bayonnomasi yoki muvofiqlik sertifikatlari MDH va Yevropa davlatlarida e’tirof etiladi”, - deb gapirdi laboratoriya mudiri M.Mirzakarimov.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 apreldagi “O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2935-sonli qarori ijrosini ta’minlashda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi mehnat jamoasining shijoati va izlanuvchanligi bilan sinov majmuasida oziq-ovqat, fizik-kimyoviy xamda elektrotexnika laboratoriyalari ham zamonaviy dizayn asosida qayta ta’mirlanib ishga tushirildi.

Aholiga yanada qulay shart-sharoitlar barpo qilish, xalq bilan muloqotni kuchaytirish, ularning og’irini yengil qilish borasida dadil qadamlar tashlanmoqda. Jumladan, shu yil 1 avgustidan faoliyatini boshlagan Chust maishiy xisoblagichlarni qiyoslash shaxobchasi Mingbuloq, Chust va Pop tumanlaridan Namangan shahriga elektr, gaz va suv xisoblagichlar davriy qiyoslash uchun keladigan minglab aholining mablag’ini tejashga imkon yaratdi.

Endi ushbu tumanlar aholisi 40-50 km yo’l yurib shahar markaziga kelmaydilar, Chust shahrining o’zida barcha muammolar yechim topadi.

Shunday shaxobcha ochish Uchqo’rg’on tumani markazida ham rejalashtirilmoqda, Uychi va Norin tumani aholisi ham shu joyda o’z ishlarini bitirib qaytadilar.

Mijozlar uchun markaz laboratoriyalarida Mustaqilligimizni 26 yil bayramini munosib nishonlash bo’yicha tuzilgan Dastur doirasida 1 sentyabrdan boshlab tushliksiz va dam olish kunlarsizxizmat ko’rsatish tartibi taqdim etilmoqda. Buning uchun hodimlar ish tartibi Mehnat Kodeksi asosida qayta ko’rib chiqilmoqda.

Maqsadimiz, bugun xalqimiz bizdan rozi bo’lsin, xizmatlarimiz sifatiga ijobiy baho bersinlar, shunda faoliyatimizda unum va baraka bo’ladi, davlat korxonasining nufuzi va el o’rtasida o’z o’rni bo’ladi.