“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo’yicha jamoatchilik kengashi tomonidan davlat organlarining “ochiqlik indeksi” bo’yicha reyting e’lon qilindi.

Reytingga ko’ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari orasida Toshkent shahri, Toshkent viloyatidan so’ng Namangan viloyati hokimligi hududlar bo’yicha 3–o’rinni egalladi.