Viloyatimizda paxta yig’im-terim mavsumi qizg’in davom etmoqda. “Oq oltin” xirmoniga mahalla faollari, uyushmagan yoshlar, oilaviy terimchilar o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Joylarda madaniy tadbirlar tashkil etilib, ilg’or terimchilar rag’batlantirib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Uchqo’rg’on tumanining Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo’lgan “Oltin vodiy” MMTP hududidagi fermer xo’jaliklari paxtazorlarida terimda qatnashayotgan hasharchilar huzurida tashkillandi.

Unda viloyat rahbarlari ishtirok etib, mirishkor paxtakorlarni mas’uliyatli damlarda el-yurt ishiga kamarbasta bo’layotganliklarini alohida e’tirof etishdi.

So’ng ilg’or terimchilarga televizor, sovutgich, kir yuvish mashinasi, gilam, singari qimmatbaho uy-ro’zg’or buyumlari sovg’a qilindi.

O’zbekiston xalq artisti Zulayxo Boyxanova, “Nihol” mukofoti sovrindori Gulasal Abdullaeva, estrada xonandasi Shohjaxon Jo’raevlar ijrosidagi diltortar kuy-qo’shiqlar tadbir ishtirokchilarini xushnud etdi.

Axborot xizmati