Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 22 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni 2017-2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan rejaga muvofiq izchil ish olib borilmoqda.

Viloyat bo’yicha 6 ta umumta’lim maktabi va 6 ta maktabgacha ta’lim muassasasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, mahalliy byudjetdan 327 million so’m sarflanib, 3 ta qozonxona, 1000 metrdan ziyod ichki isitish tarmog’i va 2500 kvadratmetrga yaqin o’quv-tarbiya muassasasi binolari tomi mukammal ta’mirdan chiqarildi.

46 ta umumta’lim maktabi va 26 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 3 milliard 117 million so’mlikdan ziyod joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko’zda tutilgan bo’lib, 40 ta qozonxona ta’mirdan chiqarildi, 5 ming 800 metrdan ziyod ichki va tashqi isitish tarmog’ining eskirgan va ishdan chiqqan qismlari yangilandi, 175 metr markaziy issiqlik uzatish tarmog’i sovuqdan himoya qoplamalari bilan o’raldi va 19 ming 600 kvadratmetrga yaqin tom ta’mirlandi.

Prezidentimizning 2017 yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanadigan energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida ham muayyan ishlar bajarildi. Dasturga ko’ra, xalq ta’limi tizimidagi 108 ta muassasasida eski  qozonlar umumiy qiymati 4 milliard 605 million so’mdan ziyod bo’lgan 261 ta zamonaviy energiya tejamkor qozonlari bilan almashtirildi.

Mavsumda sinf xonalarini isitish uchun viloyat bo’yicha 42 ming 760 tonnadan ko’proq ko’mir talab etiladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun 23 ming 649 tonna ko’mir va 19 ming 112 tonna ko’mir briketi zahirasini yaratish rejalashtirilgan bo’lib, ayni kunda muassasalarning ko’mir yoqilg’isi bilan ta’minlanishi rejaga nisbatan 70 foizdan o’tib qoldi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech