Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida viloyat xotin-qizlar qo’mitasining navbatdan tashqari boshqaruv yig’ilishi bo’lib o’tdi.

 Unda viloyat hokimligining guruh rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlarining o’rinbosarlari ­­– xotin-qizlar qo’mitalari raislari, viloyat xotin-qizlar qo’mitasining boshqaruv a’zolari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda tashkiliy masala ko’rildi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari  –  Respublika xotin-qizlar qo’mitasi raisi Tanzila Narbayeva ma’ruza qildi.

 Yusupova Hilola Karimjanovna boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Hozirgacha viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelgan Mahkamova Zulayho Bahriddinovna viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi  etib tayinlandi.

Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xayrullo Bozorov viloyat xotin-qizlar qo’mitasining yangi raisi, qo’mitaning kelgusi faoliyati, tizim mutasaddilari oldida turgan vazifalar va ularning amalga oshirish mexanizmlari haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, yig’ilishda Mingbuloq tumani hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Iroda Qo’chqarova, Koreys milliy-madaniy markazi rahbari Larisa Ni, 26-sonli Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimovalar so’z olib, yangi saylangan qo’mita raisi atrofida yanada jipslashib, samarali faoliyat yuritishda ko’makdosh bo’lishlarini aytdilar.

Axborot xizmati