Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Mingbuloq tumanidagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida Namangan shahrilik terimchi-hasharchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov va viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi X.Bozarov ishtirok etdilar.

Chindan ham dalalardagi mo‘l hosilni isrof qilmay yig‘ishtirib olishda shaharlik hasharchilarning o‘rni beqiyos. Tashabbuskor ayollar otryadi a’zolari ham mavsumda faollikni qo‘ldan bermay ko‘plab rag‘batlarga sazovor bo‘lmoqdalar.

***

Bu yilgi paxta hosilini yig‘ib olishga uyushmagan yoshlardan iborat “Fidoyi yoshlar otryadlari” a’zolari ham munosib hissa qo‘shmoqdalar. Tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan otryadning faol a’zolari uchun viloyat hokimining yuz million so‘mlik sovg‘alari  tarqatildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech