Chop etish

Namangan shahrida o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini tashkil qilib, egallab olgan va tassarruf etishning qing‘ir yo‘llarini tutganlarning faoliyatlariga barham berilmoqda.

O‘tgan yili Namangan tumanidan qo‘shilgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida noqonuniy qurilgan o‘ndan ortiq yer-uchastkalari devorlari buzib tashlandi.

Yerga noqonuniy egalik qilishga urinayotgan ayrim “uddaburonlar” bilib qo‘ysinlarki, yer munosabatlari qonunan tartibga solingan hamda yer kodeksida o‘z aksini topgan. Bu bilan shug‘ullanadigan vakolatli idoralar bilan birgalikda nazorat organlari ham bor. Shunday ekan, yer davlat mulki ekanini va davlat nazoratida ekanini unutmang.

Axborot xizmati