FJSHMQMI viloyat hududiy bo‘linmasi majlislar zalida “Yoshlarni ish bilan ta’minlashning dolzarb masalalari: muammo va echimlar” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Unda institut hududiy bo‘linmasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, oliy o‘quv yurtlari, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut hududiy bo‘linmasi bosh  mutaxassisi Ulug‘bek Musabekov ochib, yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, xususan 2016 yil 13 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2017 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasida qabul qilingan davlat dasturi hamda bunga asosan hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng viloyat bandlik bosh boshqarmasi xodimi Umarxon Rahmatullaev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Tursunovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Sherzod Tursunov mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, ularni bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar uchun mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risida hamda bu borada yoshlar ittifoqi tomonidan olib borilayotgan ishlarga to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada rivojlantirish va yoshlarni ish bilan ta’minlanishi borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga doir qator taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

Axborot xizmati