Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan shahridagi “Visol” tantanalar majmuasida Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi. To‘kin dasturxon tevaragida jam bo‘lganlarni viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xayrullo Bozarov tabriklab, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning samaralari, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarimiz tantanasi haqida  so‘z yuritdi.

 

Yuksak insonparvarlik tamoyillariga asoslangan davlatimiz har bir fuqaroning o‘z hayotidan rozi darajada  baxtli-saodatli yashashiga tobora keng imkoniyatlar yaratayotgani albatta iftixorlidir.

Bosh Qomusimizning 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va  erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, deb belgilangan. Yoki 20–moddaga ko‘ra,  fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart.

Viloyat rahbari bayram ishtirokchilariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari, shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘ltiqtayoq, eshitish moslamalari va maxsus  aravachalar  taqdim qildi.

Namangan shahar madaniyat va aholi dam olish markazi xonandayu sozandalarining kuy-qo‘shiqlaridan  yanada ko‘tarinkilik kasb etgan bayram tadbirida  viloyat hokimining o‘rinbosari Xabibulla Matkarimov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Oliy Majlis Senati a’zosi Solijon Mo‘minov,  homiy tashkilotlar vakillari hozir bo‘lishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech