Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan shahri va tumanlar bandlikka ko‘maklashish markazlariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan 12 ta “Damas” avtomobili topshirildi. 

 

Jamoat ishlari jamg‘armasi aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, ularning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. 2017 yil noyabr-dekabr oylarida Namangan tumanida 600 nafar band bo‘lmagan fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va bu tajriba o‘zini oqladi.

2018 yilning birinchi choragida viloyat bo‘yicha 2100 nafar, yil davomida 12354 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish belgilangan. Bu maqsadlarga    5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Haq to‘lanadigan jamoat ishlari byudjet tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida tashkil qilinganda hisoblangan ish haqi xarajatlari to‘liq, tijorat maqsadida tashkil qilingan tadbirlarda hisoblangan ish haqi xarajatlarining 50 foizi miqdorida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shahar va tumanlar bandlikka ko‘maklashish markazlarini xizmat mashinalari bilan ta’minlash zamirida bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadi mujassam.

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov avtomashinalar kalitlarini o‘z egalariga topshirdi. Bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Habibulla Matkarimov ishtirok etdi.

 

Axborot xizmati.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech