Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil  topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” shiori ostida navbatdagi videokonferensiya o‘tkazildi.

 

Namangan viloyati hokimligi tomonidan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan videomuloqotga Namangan va Jizzax viloyatlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari, do‘stlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Askarlar onlayn muloqot orqali ota-onalari va do‘stlariga harbiycha hayot, armiyada yaratilgan sharoitlar haqida hayajon va g‘urur bilan gapirib berdilar.

Viloyatimizning san’at va adabiyot namoyandalari harbiy xizmatchilarga samimiy tilaklarini bildirdilar, o‘zlarining kuy-qo‘shiq, raqs va ash’orlari bilan bayram tadbiriga yanada fayz kiritdilar.

 

Axborot xizmati.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech