Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer xonim viloyatimizga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov martabali mehmon bilan muloqot olib bordi.

Viloyat hokimi Xelena Freyzer xonimning viloyatimizga tashrifi bilan qutlab, mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etdi va bu hamkorlik o‘zaro manfaatli asosda bir necha sohalarda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi loyihasining maqsad va vazifalari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalariga mos keladi.

Intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, yetishtirilgan mevalarni saqlash va qayta ishlash, turizm va servis sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tajriba va malaka almashinuvi yuzasidan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Xelena Freyzer xonim samimiy qabul uchun viloyatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Namanganda iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda ijobiy o‘zgarishlar guvohi bo‘lganini ta’kidladi.

Martabali mehmon Namangan shahar hokimligining axborot xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shahar hokimining o‘rinbosari Abdulhodi Iminov va axborot xizmati rahbari Farhod Mamadaliyev bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Muloqot davomida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha Namangan tajribasi alohida e’tirof etildi.

Axborot xizmati.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech