Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbeksiton Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan Kosonsoy tumanida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish bo‘yicha sayyor mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Kosonsoy tumanining Yangiyo‘l, Qo‘qumboy va Beshketmon mahallalarida tashkil etilgan sayyor mehnat yarmarkalari davomida yuzdan ziyod tashkilot va muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlaridagi mavjud 1078 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif qildilar.

Yangiyo‘l mahallasida yashovchi 178 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltirildi. Tadbirkor Qodirjon Umarovning o‘zi 78 nafar kishini ishga qabul qildi. Uning ta’kidlashicha, yangi ishga qabul qilinganlar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltiriladi va jamg‘arma ular maoshining 50 foizini to‘lab beradi. Bu o‘z navbatida tadbirkor uchun ham katta imkoniyatdir.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech