Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoniga asosan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini va ulardagi ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini kuzatib borish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Namangan viloyatdagi 542 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqat tayyorlash jarayonining barcha bosqichlarini kuzatib borish maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan har bir muassasaga videokuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda, Mingbuloq tumanidagi 53 ta muassasaga, To‘raqo‘rg‘on tumanida 42 ta muassasaga, Namangan tumanida 32 ta muassasaga, Norin tumanida 48 ta muassasaga, Kosonsoy tumanida 32 ta muassasaga hamda Pop tumanida 48 ta muassasalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Bu maqsadlar uchun mahalliy budjet hisobidan 1,4 mlrd.so‘m mablag‘lar sarflanmoqda.
Qolgan hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash ishlari joriy yilning 1 aprel kuniga qadar yakuniga yetkazish belgilangan.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech