Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2017 yil 12 dekabr kuni o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida”gi videoselektor majlisida berilgan topshiriqlar Dastur amal sifatida ijro etilmoqda.

Ushbu topshiriqlarning ijrosi Namangan viloyatining mahalliy budjetini 2018 yilgi parametrlarini shakllantirishda ustuvor ravishda inobatga olinib, zarur mablag‘lar ajratilmoqda.
Jumladan, viloyatda bolalar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, go‘daklar va bolalar o‘limining oldini olish maqsadida viloyat perinatal markazini, Namangan shahridagi
2 ta to'g‘ruq kompleksini hamda Uychi va Chust tumani tibbiyot birlashmalaridagi to'g‘ruq bo‘limlarini tumanlararo og‘ir holatdagi to‘g‘ruqlarni qabul qilishga ixtisoslashtirilmoqda.
Ushbu bo‘limlarni moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida zarur bo‘lgan tibbiy jihoz va apparatlarni eng zamonaviylarini sotib olinmoqda. Jumladan, puls’oksimetr apparati, SRAR apparati, KYUVEZ inkubator, sun’iy nafas olish apparatlari va boshqa bir qator tibbiy jihozlar uchun mahalliy budjet va ichki imkoniyatlar hisobidan 7,8 mlrd.so‘m mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, viloyatning barcha onalar va bolalar o‘limini oldini olish va sifatli tibbiy xizmatni shakllantirish borasida zarur tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech