Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2017 yil 12 dekabr kuni o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida”gi videoselektor majlisida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Ushbu topshiriqlarning ijrosi Namangan viloyatining mahalliy budjetini 2018 yilgi parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshiriladigan ishlar va istiqboldagi vazifalarni ustuvor vazifalar qilib belgilab olindi.

Jumladan, viloyatning uzoq va olis hududlardagi homilador ayollarni davolanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni viloyat markaziga bo‘lgan qatnov xarajatlarini kamaytirish hamda yaqin hududlarni o‘zida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida  tumanlardagi tibbiyot birlashmalarida Skrining xonalarni tashkil etish va ularni videokonferensiya va aloqa vositalari bilan ta’minlash, kompyuter va boshqa eng zamonaviy tibbiy jihoz va asboblar bilan ta’minlash xarajatlari uchun mahalliy budjetlardan 4,6 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratildi.
Shuningdek barcha hududlarda, ushbu tumanlarda tashkil etilgan skrining xonalarni jihozlash uchun har biri 380,0 mln.so‘mlik  11 dona eng zamonaviy UTT apparatlari uchun sotib olishga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 4,2 mlrd.so‘m sarflanmoqda.
Bu bilan onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va sifatli tibbiy xizmatni shakllantirishga zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi