Chop etish

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Elektromagnit Moslashuv Markazi” davlat unitary korxonasi  Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ogohlantiradi.

Respublikamiz  hududiga ruxsatnomasiz va sertifikatsiz olib kirilgan, hamda sotuvda bo‘lgan va ishlatilayotgan radioelektron aloqa vositalari (radiotelefonlar, uzoq masofali radiouzatgichlar, qo`lda olib yuriluvchi  radiostansiyalar (ratsiyalar), mobil telefonlar (shaxsiy ehtiyoji uchun bir donadan oshmagan olib kirish) va boshqa vositalar) o‘rnatilgan tartibda musodara qilinadi va ularni olib kirishni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Radioelektron aloqa vositalarini Respublikamiz hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma olishni va o‘rnatilgan tartibda ro`yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha Namangan  viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga murojat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun manzil:     Namangan  viloyati, Namangan shahri,
Ibrat
ko‘chasi, 41-uy.
tel
efon: 227-90-81, 227-80-90
faks:(0371) 230-64-72