Chop etish

Namangan viloyati G‘aznachilik boshqarmasining rasmiy sayti – www.namangangazna.uz ishga tushirildi.

Saytda internet foydalanuvchilariga viloyat g‘aznachilik boshqarmasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, rahbariyat qabul kunlari, g‘aznachilik amaliyotlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar hamda boshqa bir qator foydali ma’lumotlar bilan batafsil tanishish uchun qulay imkoniyat taqdim etilgan. 

Shu bilan birga mazkur sayt orqali har oy va chorak yakunlari bilan Namangan viloyati mahalliy byudjetining prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risida batafsil axborot taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilgan.