Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Xalq  deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma   sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimining o‘rinbosarlari,   hokimlikning guruh  va kotibiyati  rahbarlari,   viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari,  tegishli viloyat, shahar va tumanlar tashkilotlari  mutasaddilari  va ommaviy axborot vositalari  vakillari  ishtirok etdilar.

Viloyat Kengashining sessiyasida   deputatlar   dastlab   “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Maktabgacha  ta’lim sohasini yanada isloh qilishda bugungi kundagi dolzarb vazifalar to‘g‘risida” 2018 yil 14 fevraldagi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish  bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqdilar.

Bu haqida  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov,   viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i  Hilola  Yusupova ma’ruza qildilar.

Sessiyada  viloyat  jinoyat va fuqarolik ishlari, viloyat ma’muriy va iqtisodiy sudlari raislari  Davlatmirza Komilov, Abdurahmon Safoyev, Salohiddin Tursunov va Sarvar Rahmonovlarning 2017 yil davomida odil sudlovni amalga oshirish  borasida olib borgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi. Hisobotda so‘zga chiqqanlar   o‘tgan yil yakunlarini ta’kidlash bilan birga  deputatlarni qonunlar targ‘iboti va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha  boshlangan  sa’y-harakatlarda  yana ham faol bo‘lishga chaqirdilar

Deputatlar  sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech