2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da Namangan viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan viloyat mahalliy byudjet bo’yicha ma’lumotlarni ochiqligini va shaffofligini ta’minlash hamda jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida bosh boshqarmaning rasmiy veb-sayti (www.namangan.mf.uz) ishga tushirildi.

Endilikda mazkur rasmiy sayt orqali mahalliy byudjetlarga oid ochiq ma’lumotlardan jismoniy va yuridik shaxslarni erkin foydalanish imkoniyati yaratildi. Chunki, Namangan viloyati moliya bosh boshqarmasining mazkur vebsaytiga moliya tizimiga oid ma’lumotlar, mahalliy byudjet parametrlari va ularning ijrosi, mahalliy byudjetlarning sarflanish yo’nalishlari, ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalari uchun badal to’lovlari miqdori, mahalliy byudjetdan ajratiladigan nafaqa to’lovlarining turlari va ularning miqdori, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa fuqarolarni qiziqtirgan ma’lumotlarni joylashtirib boriladi.