2018 yil 14 aprel kuni Namangan shahrida 32 nafar yosh oilaga “Yoshlar uyi”ning kalitlari tantanali tarzda topshirildi.

 

 

 

“Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida namunaviy loyiha asosida bunyod etilgan 32 xonadondan iborat mazkur uy mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalar vakillariga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan berildi.

 

Bungacha Mingbuloq, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Namangan tumanalarida “Yoshlar uyi” foydalanishga topshirilgan edi.

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari raislariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli foiz stavkasida 10 yil muddatga 15 foizini oldindan to‘lash sharti bilan avtomashinalar olib berilgani esa to‘y ustiga to‘y bo‘ldi. Shu kuni ular ham avtomashina kalitlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar. Shuningdek, nogironligi bor bolalarga maxsus aravachalar topshirildi.

 

Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Paxritdin Matkarimov so‘zga chiqdi.