Chop etish

2018 yil 18 aprel kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh  va kotibiyati  rahbarlari,   viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari boshliqlari,  shahar va tumanlar hokimlari, tashkilotlar  mutasaddilari  va ommaviy axborot vositalari  vakillari  ishtirok etdilar.

 Viloyat Kengashining sessiyasida   deputatlar   dastlab   O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2018 yil 17 aprel kuni o‘tkazilgan hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va boshqa ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash  to‘g‘risidagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash masalasini ko‘rib chiqdilar. Bunda ular ayni masala yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, ijtimoiy soha xodimlarini dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga jalb qilish amaliyotini mutalaqo to‘shtatish, bu borada yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni ommaviy axborot vositalarida keskin tanqid qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Bu haqida viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari o‘z fikrlarini bildirdilar.

 Sessiyada  viloyat sektorlari rahbarlarining hududlarni kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish boarsida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Hisobotlarini eshitishda sektor rahbarlarining 2018 yilning birinchi choragi davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari, yoshlarni muammo va yechilmagan masalalari, shuningdek, hududning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, investitsiya dasturlariga kiritish masalasini hal etish borasidagi faoliyatlari sarhisob qilindi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev boshqarma tomonidan 2017 yilda viloyatda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5199-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish, xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining tarkibini qayta tuzish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Deputatlar  sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildilar.

 

Axborot xizmati.