Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha xududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi uyushqoqlik bilan o‘tmoqda. 10 apreldan boshlangan oylik doirasida asosiy e’tibor, avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar bilan ifloslanishini kamaytirish va bunda davlat nazoratini kuchaytirish hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yo‘llarda atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishiga erishishga qaratilgan.

 

Darhaqiqat, oylikning birinchi bosqichida viloyatda 6500 dona avtoulovni tekshiruvlardan o‘tkazish rejalashtirilgan deydi, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi Bunyodbek Ahmadaliev. Buning uchun tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda. 

Oylikning dastlabki o‘n kunligida Namangan shahar va tumanlardagi  markaziy ko‘chalar, Norin tumanidagi “Cho‘ja” muntazam yo‘l patrul xizmat maskanda viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda  2751 dona avtotransport vositasining is gazi va tutun qalinligi me’yori ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘lchov jarayonida 46 texnik vositasida is gazi va tutun qalingili ortiqligi aniqlandi va joyida sozlashishga erishildi.

Shuningdek, oylikning mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida korxona, tashkilotlar, o‘quv muassasalalarda tashviqot-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Oylik 10 mayga qadar davom etadi.

 

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bo‘limi