Chop etish

Namangan tumanida 2017 yilda o‘tkazilgan tezkor reydlar davomida “Eshobod”, “Oqbuloq”, “Nurtepa” va “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida noqonuniy chiqindixonalar tashkil etilgani aniqlandi. yoki  chiqindilar sohasida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 11 nafar fuqaroga nisbatan 1,8 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Xalq deputatlari Namangan tumani kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilingan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar borasidagi hisobotda bunday aniq misol va raqamlar aks etgan.

 

 

Darhaqiqat, sessiya muhokamasiga qo‘yilgan tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bergan boshqarma boshlig‘i Muhammadayubxon Apaqov tizimda olib borilayotgan islohotlar, uning samaralari, yutuq va muammolar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda bir yilda atmosfera havosiga 70 ming tonnaga yaqin ifloslantiruvchi moddalar tashlanmoqda va ularning 90 foizi  yoki 67,3 ming tonnasi transport vositalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich Namangan tumanida 9,2 foizni tashkil qilmoqda va buni kamaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

-Tumanda transport vositalarida atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdorini me’yorlash va me’yoridan ortiq tashlanishini oldini olishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda, deydi davlat inspektori Jahongir Asqarov. Birgina, 2017 yilda tumanda o‘tkazilgan “Toza havo” oyligi davomida 650 dona transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazildi va 30 ta avtotransport vositasida is gazi va tutun miqdori me’yoridan ortiqligi aniqlanib, joyida sozlatishga erishildi.

Hisbot davrida suv resurslarini muhofaza qilish va oqilona foydalanish yo‘nalishi, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq holatlar ham atroflicha muhokama etildi. Sessiya davomida joriy yilning 18 maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, uning mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 Sessiyada masala yuzasidan muzokara uchun so‘zga chiqqan deputatlar fikr-mulohazalar asosida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda keng jamoatchilikning o‘rni alohida ekanligini qayd etishdi va yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

 S.Rapiqov, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Jamoatchilik va Ommaviy axborot vositalari