Nodira nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida yozuvchi Mahmudjon Parpieyvning Toshkentdagi “Turon” nashriyotida chop etilgan “Namozshomgul” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Adabiyotshunos olimlar, ijodkor ziyolilar va talaba yoshlar  ishtirokidagi anjumanda yangi asar badiiy-uslubiy, lisoniy, ijtimoiy ahamiyati jihatidan muhokama qilindi.

 

Ijodkor va olimlar Ziyoviddin Mansur, Mavluda Jo‘raboyeva, Baxtiyor Is`hoqov, Rustamjon Ummatov, Boqiy Mirzo, Muhammad Vali, Mo‘minjon Sulaymonov, Farida Karimova va boshqalarning tahliliy mulohaza va takliflari taqdimotga til va adabiyot hamda badiiy ijod bo‘yicha “ochiq dars” tusini berdi.