Namanganda “Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizayn” oliy maktabi tashkil etiladi. “Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizaynda innovatsiyalar” deb nomlangan katta ko‘rgazma o‘tkaziladi. Milliy hunarmandchilik, me’morchilik va dizaynda innovatsion echimlarga ega loyihalar uchun viloyat hokimining tanlovi e’lon qilinadi, g‘olib bo‘lgan loyihalarni amaliyotda qo‘llash uchun muallifdan sotib olinadi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Viloyat yosh olimlari hamda iqtidorli talabalarini birlashtirgan “Yangi g‘oya” ilmiy platformasi tashkil qilinib, har bir oliygohda viloyat hokimining vakili tayinlanadi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari saralanib, har chorakda viloyat hokimligiga taqdim etib boriladi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Har bir viloyat tashkiloti va boshqarmasi o‘z hajmidan kelib chiqib, viloyat va tumanlar kesimida yosh rahbar yoki rahbar o‘rinbosarlarini tayinlaydi. Namangan viloyati bo‘yicha 100 nafar yoshlar rahbarlik lavozimiga tayinlanadi.

Tayinlangan rahbar yoshlarning tajribasini oshirish maqsadida, viloyat hokimi bilan birgalikda tumanlar hududida aholi muammolarini o‘rganish tashkil etiladi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Har yili viloyat yoshlari o‘rtasida an’anaviy musiqaning 3 ta – maqom, opera, estrada qo‘shiqchilik yo‘nalishlarida “Afsona music” yosh talantlar ochiq ko‘rik-tanlovi o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi 2400 kishilik amfiteatr ushbu tanlovning o‘tkazish o‘rni sifatida belgilanadi.  (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Viloyatda salohiyatli hamda zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni ko‘paytirish hamda xorijiy mutaxassislarni zamonaviy korxonalarga katta maosh evaziga jalb etishni kamaytirish maqsadida yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlari uchun kerakli yo‘nalishlarda 1 nafardan yoshlarni aniq fanlar yo‘nalishida o‘qitish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan chet elga yuborishlari bo‘yicha kelishuv imzolanadi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbekiston tarixi” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi. G‘olib o‘quvchilar O‘zbekiston qadimiy shaharlari bo‘ylab barcha xarajatlari to‘liq qoplangan bepul sayohat bilan taqdirlanadi. Har yili 10 ta eng faol viloyat yoshlarini “Artek” xalqaro dam olish maskaniga bepul yuboriladi (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini munosib taqdirlash yo‘lga qo‘yiladi. Tan olingan xalqaro olimpiadalarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritganlarga “Nexia-3”, 2-o‘rin egalariga “Spark”, 3-o‘rin sohiblariga “Damas” avtomobillari sovg‘a tariqasida taqdim etiladi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)