Byuro organlari ish yurituviga kelayotgan hujjatlar ijrosini taʼminlash gohida oson kechmasligi haqiqat. Ayniqsa, ota yoki ona bagʻrida yurgan bolalarni sud hukmi bilan u yoki bu fuqaroni tarbiyasiga olib berish.

Bugun, 15 avgust kuni “Tanqidlar.uz” telegram tarmogʼida murojaat yoritilgan. Ismi sharifini ochiqlamagan fuqaro 2 haftadan beri Byuroning Namangan tuman boʼlimi boshligʼiga murojaat qilayotgani, ammo uni qabul qilmayotgani, seshanba yoki juma kuni keling deb aldayotganini bayon etgan.

Viloyat rahbari Shavkat Abdurazzaqov boshchiligidagi ishchi guruhi “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularga hamda Kichik sanoat zonalari direksiyasiga tezda qurilish ishlariga kirishish topshirigʻi berildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili Bunyodkor mahallasidagi koʻp qavatli uylar boʻldi.
Xabar qilinganidek, Bunyodkor mahallasi hududida boquvchisini yoʻqotgan, uy-joyga muhtoj oilalar uchun 2 ta 3 podyezdli, 5 qavatli 60 xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilmoqda. Buning natijasida 120 nafar ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlashga erishiladi.

Bugun erta tongdan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligidagi ishchi guruh Yangi Namangan tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi boʻyicha oʻrganish oʻtkazdi.

Namangan viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi 34 ta maktabda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha autsorsing tizimi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur jarayon ehtiyojmand oilalarning 680 nafar farzandini qamrab olib, taʼlimni “Namangan progress”, “Turkiston”, “NAMSTUDY” nodavlat taʼlim muassasasi va “LSL” xususiy korxonasi pedagoglari olib bormoqda. Autsorsing yakuni boʻyicha oʻquvchilarning kamida 5,5 ball darajadagi IELTS sertifikatiga ega boʻlishi koʻzda tutilgan loyihaga 2 mlrd. 124 million soʻm ajratilgan.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Malayziyaning Menejment va fan universiteti asoschisi hamda prezidenti Moxd Shukri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.