Namangan tumani paxtakorlari 2020-yilgi davlatga paxta topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Tumandagi 133 ta fermer xo‘jaligi 19 838 tonna paxta xom ashyosini topshirishi belgilagan bo‘lib, 13-oktyabr holatiga ko‘ra reja 100,02 foizga bajarilib, 19 843 tonnalik xirmon ko‘tarildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan soliq undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda stansiyaning to‘liq quvvatlarda ishlashini ta'minlash maqsadida joriy yil 9–11- oktyabr kunlari vaqtinchalik to‘xtatilgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining ikkita bug‘-gaz qurilmasi faoliyati to‘liq tiklandi.

Chortoq tumanidagi “Dehqonobod mahallasi”, “Mehribonlik” ko‘chasida 30 dona tayanch ustun o‘rnatilib, bir kilometr uzunlikda 0,4 kVli zamonaviy SIP kabel tortildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun keng imkoniyat berish maqsadida 2020/2021 o‘quv yilida xotin-qizlar uchun oliy ta'lim muassasalariga berilgan grant o‘rinlarining 4 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat granti ajratildi.

Viloyat rahbari tumanning “Zarafshon” MMTP hududidagi “Usmon Sharif Azamat” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terimchilar bilan uchrashdi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xalq ta'limi vazirligi  O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi loyihasi asosida tashkil etilgan navbatdagi “Hayotga qo‘shil” onlayn tanlovi yurtimiz bo‘ylab bir qator iste'dodli o‘quvchilarni kashf etdi. Ular orasida Namangan shahridagi 58-DIUMning 7-sinf o‘quvchisi Laziza Azizova ham bor.