Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Pop tumanida joriy yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari uyushqoqlik bilan jadal sur'atlarda o‘tkazilmoqda. Bunda nafaqat fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari ishchi-xizmatchilari, ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha daromad topish istagida bo‘lgan mahalliy aholi va hasharchilar ham faol ishtirok etmoqda.

100 gektarni qamrab oluvchi KSZ har tomonlama qulay geografik joylashuvga ega, logistika nuqtayi nazaridan ham Namanganning eng qulay hududida joylashgan.

Mingbuloq tumanidagi madaniyat markazida tuman paxtakorlari tomonidan davlatga paxta xom ashyosini topshirish rejasi ortig‘i bilan bajarilganiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Namangan tumani paxtakorlari 2020-yilgi davlatga paxta topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Tumandagi 133 ta fermer xo‘jaligi 19 838 tonna paxta xom ashyosini topshirishi belgilagan bo‘lib, 13-oktyabr holatiga ko‘ra reja 100,02 foizga bajarilib, 19 843 tonnalik xirmon ko‘tarildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan soliq undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda stansiyaning to‘liq quvvatlarda ishlashini ta'minlash maqsadida joriy yil 9–11- oktyabr kunlari vaqtinchalik to‘xtatilgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining ikkita bug‘-gaz qurilmasi faoliyati to‘liq tiklandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech