Gullar festivali doirasida Oʻzbekiston milliy simfonik orkestrining “Ochiq osmon ostida” deb nomlangan konsert dasturi namoyish qilindi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlarida jismoniy va yuridik shaxslaridan kelayotgan yoki yoʻllanayotgan murojaatlar bilan ishlash, aholi bilan yaqindan muloqot qilish, sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi bilan bogʻliq muammolarga yechim topish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqla. Xususan, haftaning dushanba-juma kunlari boshqarma va uning hududiy boʻlimlarida qabullar muntazam ravishda tashkil etilgan. Bundan tashqari, sohaga oid muammolarni joyida hal qilish maqsadida haftaning shanba kunlari sayyor qabullar oʻtkazilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida boshqarmada tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, tezkor xodimlar va keng jamoatchilik uchun tashkil etilgan ochiq muloqotda batafsil maʼlumot berildi.

Namangan viloyati markazidagi Tinchlik xiyobonida 61-xalqaro gullar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz faollari, martabali mehmonlar, chet el delegatsiyalari OAV vakillari va blogerlar, keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlari boʻlimlari xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqa "Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat kengashi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan musobaqada viloyat boshqarmasi, Namangan shahar va tumanlar boʻlimlarining havaskor jamoalari maydonga tushishdi. Namangan viloyat 1-sonli futbol mahorati maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydonlarda boʻlib oʻtgan bahslar murosasiz,qizgʻin kurashlarga boy oʻtdi.

Fuqarolarning barcha sohalardagi muammolarini yaqindan oʻrganish va ularga yechim topish maqsadida oʻtkazilayotgan ommaviy qabul bugun Chust tumanidagi Bibi Naima ona ziyoratgohida ham oʻtkazildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi , shahar va tumanlar boʻlimlari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi bilan bogʻliq muammolarga joyida echim topish maqsadida Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlari tomonidan may oyining har shanba kuni sektorlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.