Prezidentimizning joriy yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 6 avgust kuni “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Global tadbirkorlik tarmog‘i hamkorligida respublikamizdagi tajribali tadbirkorlar ishtirokida namanganlik yoshlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbirkorlarning  huquq  va manfaatlarini har tomonlama himoya  qilish, ularni o‘ylantirayotgan masala va muammolarni o‘z o‘rnida hal etish,  huquqiy maslahat berish, faoliyat bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini ularga yetkazish davlatimizning doimiy  diqqat e’tiborida.

Joriy yil mamlakatimiz temir yo‘l transporti xodimlari o‘zlarining kasb bayramlarini ikkinchi bor keng nishonlashmoqda. Muhtaram Prezidentimizning kuni kecha qabul qilgan Farmonlariga asosan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvonlari, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari va “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.

Tadbirkorlarning oldilarida turgan muammolarini tezkor hal etish yuzasidan o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvlar endilikda Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosining 3-qavatida joylashgan Innovatsiya markazida davom etmoqda. Tadbirkorlar innovatsiya markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashrif buyurishlari mumkin.

Bugun erta tongda Namangan xalqaro aeroportidan Namangan shahri, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlari bo`yicha shakllantirilgan navbatdagi guruhda 235 nafar yurtdoshlarimiz muborak haj ziyoratiga jo‘nab ketishdi.

Namangan shahridagi “Yangi yo‘l” M.F.Y. hamda Namangan tuman madaniyat saroyida fuqarolar va pensionerlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi