O‘zbekistonda ilk bor tajriba tariqasida Namangan viloyatining Norin tumanida «Yoshlar matbuoti» tarmog‘i tashkil etildi.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Kasb bayramini namanganlik soha xodimlari ham keng nishonlashdi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov soha xodimlarini qizg‘in tabrikladi, 11 nafar ilg‘or matbuot va ommaviy axborot sohasi vakillariga viloyat hokimining Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alarini tantanali topshirdi.

Joriy yilda viloyatda 9 akademik litseyni 2854 nafar, 108 kasb-hunar kollejini 34904 nafar, jami 37758 nafar yigit-qiz bitirmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”. Shu maqsadda, fuqarolar sektorlar faoliyati bo‘yicha axborot olishi, taklif bildirishi va muammolar yuzasidan murojaat etishi uchun shahar va tumanlar hokimlari, viloyat ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda ularning hududiy idoralari rahbarlarining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida sahifalari ishga tushirildi.

Ayni kunlarda “Viloyat hududida 2018 yil iyun oyida “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi”ga asosan bolalar oromgohlarida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida sport musobaqalari, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirning birinchi kunida jurnalistlar Namangan viloyati teleradiokomaniyasi faoliyati, u yerda soha xodimlarining davr talabiga hamqadam ishlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi va xalq deputatlari viloyat Kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov olib borgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirishda xalq deputatlari ishtirokining holatini Namangan viloyati misolida o‘rganish natijalari muhokama qilindi.