Band bo‘lmagan fuqarolarga 116 489 407 367,02 so‘m, shundan 185 159 nafar yoshga doir pensiyasi oluvchi fuqarolarga 87 135 295 635,10 so‘m, 28 439 nafar nogironlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 13 389 574 140,99 so‘m, 16 029 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 5 294 867 786,81 so‘m, 25 404 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolarga  7 977 093 074,85 so‘mlik pensiya va nafaqa to‘lovlarini hamda 2 692 576 729,27 so‘mlik boshqa (kompensatsiya, suyunchi, dafn pullari va boshqalar) oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning  6 iyun sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

2018 yil 12 iyun kuni “O‘zbek davlatchiligi tarixida Axsikent shahrining o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Keyingi qisqa vaqt ichida mamlakatimiz hududlarini sanitariya holatini yanada yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar, keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.

Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, pensionerlarning moddiy ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga fiskal yukning mo‘tadilligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek barqaror pensiya tizimiga erishish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sizdan fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Konsepsiya loyihasiga o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raydi.

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” - 3:0 (2:0)

Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 11350 tomoshabin.