Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2017 yil 8 fevral kuni xalq deputatlari Chust tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman Kengashi deputatlari tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qildilar.

«Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili bugun mamlakatimizda yangi mazmun, yangi mohiyat bilan amal qila boshladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya qabul qilingan sana va Prezidentlik lavozimiga kirishish munosabati bilan nutqlarida mazkur tamoyil jamiyatimizda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishiga, deputatlar va senatorlar, keng jamoatchilik davlatimiz sa’y-harakatlarini faol qo‘llab-quvvatlashlariga ishonch bildirilgan edi.

Prezidentimizning 2016 yil 21 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizda ham salmoqli ishlar olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Xotamjon Ketmonovlar kecha Chust tumaniga tashrif buyurib, tuman tadbirkorlari va hunarmandlar bilan uchrashdilar. Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat hokimi Xayrullo Bozarov olib bordi.

Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida Namangan standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Namangan sinov-sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tashkilotchiligida «Viloyat korxonalarida «ISO-9001» xalqaro standartlari asosida sifat menejmenti tizimlari joriy etishning ahamiyati» mavzuidagi seminar-trening bo’lib o’tdi.

Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondining tashabbusi bilan Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, «Nuroniy» jamg’armasi, «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati, O’rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi markazi, Ma’naviyat targ’iboti markazi, Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda «qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!» shiori ostida o’tkazib kelinayotgan «Mahalla – mening taqdirimda» ko’rik-tanlovining mazmun-mohiyati yoshlar ta’lim-tarbiyasini yanada rivojlantirish, ularni kelgusida jamiyat va xalq uchun chin insonlar bo’lib kamol topishlariga qaratilgan.

Loyiha 2010 yildan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida mahalliy boshqaruv organlarining huquqiy, texnik va kadrlar salohiyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshirib kelinadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech