Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’muriy binosining bir qism xonlarini joriy ta’mirlash uchun  tanlov e’lon qiladi. Ta’mirlanadigan ob’ektning loyiha qiymati 126 million so‘m qilib belgilangan. Tanlovda ishtirok etishni xohlagan  qurilish tashkilotlari rahbarlari Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

2017 yil 18  aprel O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgan sana O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmati sohasi xodimlari kuni sifatida bu yil ilk marotaba  keng nishonlanmoqda. Bu ham bo‘lsa albatta yurtimizda sharafli kasb egalarining mehnati nechog‘li qadr topayotganidan dalolatdir.

Band bo‘lmagan fuqarolarga 115 117 838 238,98 so‘m, shundan 183 457 nafar yoshga doir pensiyasi oluvchi fuqarolarga 86 450 576 920,09 so‘m, 28 118 nafar nogironlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 13 280 522 330,59 so‘m, 16 001 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 5 288 174 841,24 so‘m, 24 665 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolarga 7 711 654 017,61 so‘mlik pensiya va nafaqa to‘lovlarini hamda 2 386 910 129,45 so‘mlik boshqa (kompensatsiya, suyunchi, dafn pullari va boshqalar) oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida etkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 12 aprel sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

2018 yil 16 aprel kuni Namangan shahri va tumanlar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga xizmat avtomashinalari kalitlari topshirildi.

2018 yil 15 aprel kuni Namangan viloyati hokimligining katta  majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi raisining o‘rinbosari Dilshod Aripov ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 14 aprel kuni Namangan shahrida 32 nafar yosh oilaga “Yoshlar uyi”ning kalitlari tantanali tarzda topshirildi.

2018 yil 12 aprel kuni Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji konferensiyalar zalida Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati tomonidan “Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni keng ommaga yetkazishning o‘ziga xos jihatlari”  mavzusida seminar-trening tashkil etildi.