O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunovdan iborat bir guruh mutasaddilar Qozog‘istonda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a’zolariga Yurtboshimizning hamdardligi va ta’ziyalarini bildirdilar. Bu haqda muslim.uz sayti xabar bergan. 

Respublikamizdagi, xususan, viloyatimizdagi barcha masjidlarda 19 yanvar kuni juma namozida 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatida ro‘y bergan fojiada halok bo‘lganlarning haqiga tilovati Qur’on qilinib, duolar qilindi.

Shuningdek, ulamolar va imom-domlalar tomonidan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirish, masjid-madrasalarda xatmi Qur’onlar o‘qib, ruhi poklariga baxshida qilish va yaqinlariga tasalli berish kabi ishlar boshlandi.

Axborot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ro‘yxatga ko‘ra, 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatida yuz bergan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning 28 nafari va jabrlanganlarning 2 nafari Namangan viloyatidan bo‘lib, jumladan, ularning 22 nafari To‘raqo‘rg‘on, 8 nafari Kosonsoy tumanlaridan safarga chiqqan fuqarolar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Namangan shahridagi “Do‘stlik” buyum bozorida “Yoshlar ittifoqi kutubxonasi” ish boshladi.

Bozor ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, hududdagi binolardan kutubxona uchun xona ajratildi va ziyo maskani nomiga munosib ravishda ta’mirlanib, jihozlab berildi.

Namangan viloyati musiqali drama teatrida “Dildagi dog‘” deb nomlangan musiqali drama bepul namoyish qilindi.

Namangan viloyatida hozirga qadar 16 ta post, shu jumladan, 3 ta yo‘l-patrul xizmati posti, 6 ta nazorat maskani va 7 ta hamkorlikdagi blok-post maskanlari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer xonim viloyatimizga tashrif buyurdi.