Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ona tili hamda o‘zbek tili fanlari o‘qituvchilari o‘rtasida  «O‘zbek tili bo‘yicha eng yaxshi videodars» uslubiy-ijodiy ishlar tanlovining ona tili fani yo‘nalishida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi  27-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi  Barno  Toshpo‘latova  Respublika miqyosida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 11.500 000 so‘mlik bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Byuroning Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan yuborilgan hujjatlar ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Asosiysi, aliment mablag‘larini undirish bilan bir qatorda oilaning muqaddasligini tushuntirish orqali yarashtirish tadbirlarini ham olib borilmoqda.

Namangan shahridagi “MexMash” MChJ media-xollida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020-yilda Davlatobod tumanini  raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh a'zolari tomonidan 100 dan ziyod muammoli va nizoli masalalar o‘rganildi.

Ayni vaqtga qadar ishchi guruh tomonidan 80 ta xonadonga tashrif buyurildi. O‘rganishlari davomida mahallalarda qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Ularning asosiy qismi ish bilan ta'minlash, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish, kadastr hujjatlarini o‘nglash va elektr ustunlarini yangilash bilan bog‘liq.

Adliya idoralari “Temir daftar”dagi oilalarning mehnatga layoqatli ishsizlariga munosib ish o‘rinlari yaratish, nogiron shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini o‘rganish borasida ham surushtiruv ishlarini boshladilar!

Adliya idoralari xodimlari Namangan viloyati hududi bo‘ylab temir daftarga kiritilgan oilalar, xususan ayollar va yoshlar bilan uyma-uy yurib ularning muammolari bilan qiziqadilar va huquqiy tushuntirish beradilar!