Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan soliq undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda stansiyaning to‘liq quvvatlarda ishlashini ta'minlash maqsadida joriy yil 9–11- oktyabr kunlari vaqtinchalik to‘xtatilgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining ikkita bug‘-gaz qurilmasi faoliyati to‘liq tiklandi.

Chortoq tumanidagi “Dehqonobod mahallasi”, “Mehribonlik” ko‘chasida 30 dona tayanch ustun o‘rnatilib, bir kilometr uzunlikda 0,4 kVli zamonaviy SIP kabel tortildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun keng imkoniyat berish maqsadida 2020/2021 o‘quv yilida xotin-qizlar uchun oliy ta'lim muassasalariga berilgan grant o‘rinlarining 4 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat granti ajratildi.

Viloyat rahbari tumanning “Zarafshon” MMTP hududidagi “Usmon Sharif Azamat” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terimchilar bilan uchrashdi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xalq ta'limi vazirligi  O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi loyihasi asosida tashkil etilgan navbatdagi “Hayotga qo‘shil” onlayn tanlovi yurtimiz bo‘ylab bir qator iste'dodli o‘quvchilarni kashf etdi. Ular orasida Namangan shahridagi 58-DIUMning 7-sinf o‘quvchisi Laziza Azizova ham bor.

So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va bu orqali mahsulotlar zaxirasini yanada yaxshilash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech