1. Ariza (yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi va manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, shuningdek, chet tillarni o’qitish bo’yicha kurs ro’yhati)
  2. Yuridik shaxsning davlat ro’yhatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi
  3. Faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligi, shuningdek, mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan tartiblarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar
  4. Yong’in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong’in xavfsizligi talablariga hamda sanitariya-gigiena normalariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosalar
  5. Nodavlat ta’lim muassasasi Nizomining nusxasi
  6. O’quv rejalari va dasturlari
  7. Chet tillarga o’qitilgan  xollarda pedagog kadrlar to’g’risida ma’lumot (ma’lumoti to’g’risidagi hujjatlarning nusxasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilim darajasi va chet tilini bilish hamda egallab olganlik darajasi to’g’risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari)
  8. O’quv jarayonini ta’minlash uchun zurur bo’lgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
  9. Ariza ko’rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig’im to’langanligi to’g’risida tasdiqlovchi hujjat

Murojaat yuboring
Yuklash uchun faylni tanlang
Size limit for each file is 5.00 MB