Joriy yilning 24-26-mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”da bir qator Namangan viloyati hokimligi va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi. Mazkur forum doirasida bir nechta xorijiy davlatlar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, energetika, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishlarida umumiy qiymati
221,0 mln.dollarlik 5 ta investitsiya loyihalari boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, ishbilarmon doira vakillari tomonidan umumiy qiymati 20,6 mln.dollar boʻlgan 10 ta eksport shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda turli xil xalqaro forumlarda ishtirok etish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi (19.09.2018)
Belgiya davlatining Bursel shahri "Livingstone Ventures" kompaniyasi bilan hamkorlik (pdf 87,1 KB)
16-sentyabr - Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni
Namangan viloyati hokimligi hamda Namangan viloyati prokuraturasining QO’SHMA FARMOYISHI